YANGILIKLAR“ҲУҚУҚ БИЛИМДОНЛАРИ - 2016” ТАНЛОВИ БОШЛАНДИ

Yoshlar uchun tadbirkorlik saboqlari

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi. 

Unda poytaxtimizdagi oliy ta’lim muassasalarining talabalari biznes g‘oya, reja, mablag‘ yo‘naltirish, loyihalashtirish, yangi ish ochish, bankka murojaat etish tartiblari, kredit olish qoidalari, imtiyoz va imkoniyatlar xususida ma’lumotga ega bo‘ldi.

– Bu loyiha ko‘plab yoshlarni ishbilarmonlik bilan shug‘ullanishga undamoqda, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki Mirobod tumani bo‘limi mutaxassisi Samariddin Ahrorov. – Buni bankimizdan yoshlar biznes g‘oyasi uchun ajratilayotgan kreditlar miqdori oshib borayotganida ham ko‘rish mumkin. Yigit-qizlarning tadbirkorlikka oid bilimlarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilayotgan bu kabi seminarlarning ahamiyati katta bo‘layotir. 


Tadbirda o‘z biznes g‘oyasi bilan murojaat etgan yoshlarning takliflari “Yosh tadbirkor” konsultativ markazi mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqilib, zarur tavsiyalar berildi. 

Barno Meliqulova, O‘zA 

MANZIL

BIZ BILAN ALOQA

+99871 279-40-55

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Toshkent shahar,

      Chilonzor tumani,
       
      Kichi xalqa yo'li, 52-uy

      Pochta indeksi: 100081