YANGILIKLAR“ҲУҚУҚ БИЛИМДОНЛАРИ - 2016” ТАНЛОВИ БОШЛАНДИ

Bilimdonlar bahslashdi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Ingliz tili bilimdonlari” tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda umumta’lim maktablarining 5-9 sinf o‘quvchilaridan iborat 11 jamoa ishtirok etdi. 
Davlatimiz rahbarining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori xorijiy tillar ta’limini yangi bosqichga ko‘tardi. O‘g‘il-qizlar boshlang‘ich sinflardan chet tillarni o‘rganmoqda. 
“Ingliz tili bilimdonlari” tanlovi o‘quvchilarning ingliz tilida fikrlashi, muloqotga kirishishini sinovdan o‘tkazmoqda, bu boradagi bilimlarini yanada boyitishga xizmat qilmoqda.

 – Xorijiy tillarni bilish dunyo bilimlariga yo‘l ochadi, – deydi Yakkasaroy tumanidagi 91-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Qutlug‘nigor Abdurazzoqova. – Barcha tengdoshlarim qatori men ham ingliz tilini puxta o‘zlashtirishga, qo‘shimcha to‘garaklarga borib, so‘z boyligimni oshirishga harakat qilayapman. Kelajakda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga o‘qishga kirib, yetuk tarjimon bo‘lishni niyat qilganman. 
Tanlov natijalariga ko‘ra, Yunusobod tumani jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. Uchtepa va Yakkasaroy tumanlari jamoalari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi. 

Azima Qiyosova, O‘zA

MANZIL

BIZ BILAN ALOQA

+99871 279-40-55

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Toshkent shahar,

      Chilonzor tumani,
       
      Kichi xalqa yo'li, 52-uy

      Pochta indeksi: 100081