YANGILIKLARМАЪНАВИЙ-МАЪРИФИЙ ИШЛАР САМАРАДОРЛИГИ

Bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish yo‘lida

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan “Barkamol avlod” ryespublika bolalar o‘lkashunoslik va ekologiya markazida “Barkamol avlod” bolalar markazlari faoliyatining 2015 yil yakunlari va 2016 yildagi dolzarb vazifalari” mavzusida ryespublika syeminari tashkil etildi.

Mazkur syeminarda xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari D.Kyenjayev, O‘zbyekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid va boshqalar ishtirok etdi.

Hozirgi kunda ryespublikamizda 211 ta “Barkamol avlod” bolalar markazlari faoliyat ko‘rsatib, ularda tashkil etilgan 5 mingdan ortiq to‘garaklarda 114 mingdan ortiq o‘quvchilar maktabdan tashqari ta'lim olishmoqda.

Tadbirda maktabdan tashqari ta'lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va “Barkamol avlod” bolalar markazlarida tashkil etilgan to‘garaklarga o‘quvchilarning qamrovini oshirish, turli xil ko‘rik-tanlovlarni o‘tkazish orqali iqtidorli bolalarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot byerildi. Bundan tashqari, syeminar ishtirokchilariga 2016 yilda “Barkamol avlod” bolalar markazlari oldida turgan dolzarb vazifalarni amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar byerildi.

 

Shuningdyek, syeminar ishtirokchilariga “Barkamol avlod” bolalar markazlarida byudjyet va byudjyetdan tashqari mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar byerilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob byerildi.

Syeminar jarayonida “Barkamol avlod” bolalar markazlarida faoliyat ko‘rsatib, maktabdan tashqari ta'lim tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan “Barkamol avlod” bolalar markazlari diryektor va pyedagog xodimlariga “Xalq ta'limi a'lochisi” ko‘krak nishoni hamda vazirlikning faxriy yorliqlari topshirildi.

Syeminarning yalpi yig‘ilishidan so‘ng ishtirokchilar O‘zbyek Milliy akadyemik drama tyeatriga tashrif buyurib, “Zamindan olis kyetma” nomli spyektaklni tomosha qildilar.

Baxrom Aminov,
“Barkamol avlod” bolalar markazlari faoliyatini
tashkil etish sho‘basi yetakchi nazoratchisi

MANZIL

BIZ BILAN ALOQA

+99871 279-40-55

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Toshkent shahar,

      Chilonzor tumani,
       
      Kichi xalqa yo'li, 52-uy

      Pochta indeksi: 100081