YANGILIKLARМАЪНАВИЙ-МАЪРИФИЙ ИШЛАР САМАРАДОРЛИГИ

XALQARO TANLOV G`OLIBLARI TAQDIRLANDI

Joriy yilning 1-6-mart kunlari Kiprning Protaras shahrida matematika fani bo`yicha “SEEMOUS” o`ninchi xalqaro olimpiadasi o`tkazildi. Unda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti jamoasi ikkita oltin medalni qo`lga kiritdi. 

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda universitet rektori Sh.Sirojiddinov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodning har tomonlama sog`lom va barkamol ulg`ayishi, zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi va o`z iste’dodini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganini ta’kidladi. “Ta’lim to`g`risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida amalga oshirilgan izchil islohotlar samarasida zamon talablariga to`la mos keladigan milliy ta’lim tizimi yaratildi.

Mamlakatimizda fan-ta’lim izchil rivojlanmoqda. Zamonaviy bilim maskanlarida jahon standartlari asosida ta’lim-tarbiya olayotgan yoshlarimiz xalqaro miqyosda tashkil etilayotgan nufuzli tanlovlar, fan olimpiadalari, musobaqa va festivallarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuksak intellektual salohiyati, keng tafakkuri va zehni bilan dunyo ahli havasini uyg`otmoqda. Kiprda bo`lib o`tgan xalqaro olimpiadada O`zbekiston yoshlari muvaffaqiyatli qatnashgani ham buning yorqin isbotidir.

Kipr ta’lim va madaniyat vazirligi, matematika jamiyati hamda Janubi-Sharqiy Yevropa matematika jamiyati tomonidan tashkil etilgan mazkur intellektual bellashuvda yigirmadan ortiq mamlakatdan 43 universitet jamoasining 150 dan ziyod iqtidorli talabalari ishtirok etdi.

Tanlovda O`zbekiston Milliy universitetining mexanika-matematika fakulteti 2-kurs talabalari Hakimboy Egamberganov va Shohruh Ibrohimov bittadan oltin medal, Mirmuhsin Mahmudov maxsus diplom bilan taqdirlandi.

– Matematika faniga bolaligimdan qiziqaman, – dedi Sh.Ibrohimov. – Xalqaro musobaqada Vatanimiz shon-shuhratini namoyish etganimiz ozod va obod O`zbekistonda biz, yoshlar uchun yaratilgan cheksiz imkoniyatlardan bahramand bo`lib voyaga yetayotganimiz ifodasidir. Davlatimiz rahbarining yosh avlod kamolotiga qaratayotgan yuksak e’tibori, ta’lim olishimiz uchun yaratilgan qulay sharoit va imkoniyatlar ilm-fanga mehrimizni yanada oshirmoqda, jahonda mamlakatimizning sharafini mustahkam himoya qilishimizga asos bo`lmoqda. Vatanimizning ilm-fan sohasidagi mavqeini yanada yuksaltirishga o`z hissamni qo`shish niyatidaman. O`zbekistondek osmoni musaffo, farovon mamlakat farzandi ekanimdan faxrlanaman.

Tadbirda g`olib va sovrindorlarga diplomlar topshirildi.

 

Источник: uza.uz

MANZIL

BIZ BILAN ALOQA

+99871 279-40-55

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Toshkent shahar,

      Chilonzor tumani,
       
      Kichi xalqa yo'li, 52-uy

      Pochta indeksi: 100081