YANGILIKLARМАЪНАВИЙ-МАЪРИФИЙ ИШЛАР САМАРАДОРЛИГИ

Вилоятимизда - чет тилларидан тайёрланган ўқув дастури ва дарслик-мажмуаларни тажриба-синовдан ўтказилди

Вилоятимиз умумтаълим мактабларининг 5-синфи учун чет тилларидан тайёрланган ўқув дастури ва дарслик-мажмуаларни тажриба-синовдан  ўтказилди!!!

5-синфлар учун яратилган дарсликлар, мультимедиа дисклари, методик қўлланмалари  6 та ҳудудда  Чирчиқ шаҳар (5-15(инглиз тили) мактаблар), Паркент (5(инглиз тили)-9 (француз тили) мактабларда), Юқоричирчиқ (3(немис тили)-18 (француз тили) мактаблар), Бўстонлиқ (19(инглиз тили)-мактаб), Янгийўл (18-мактабда), Оққўрғон (30(немис тили)-мактаб) туманларида жами 9 та мактабда 4-синф тажриба-синов ишларининг давоми сифатида 5 синфларда ҳам тажриба-синов ишлари олиб борилиши режалаштирилган. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2012 йил 10 декабрдаги “Чет тилларини ўрганиш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-1875-сонли қарори ҳамда Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2013 йил 4 июлдаги 421-сонли Фармойиши асосида 1-, 2-, 3-, 4-синф чет тили дарсликларининг мантиқий давоми сифатида 5-синф ўқувчилари учун муаллифлар гуруҳи томонидан чет тилларидан давлат таълим стандарти ва ўқув дастури асосида дарслик мажмуалар (дарслик, машқ дафтари, ўқитувчи китоби ва мультимедиа иловалари) ишлаб чиқилди ва  вилоятдаги 5 та туман (шаҳар)нинг 9 та умумтаълим мактабларига тажриба-синов ишлари олиб бориш учун етказилиши режалаштирилган. Бунга мувофиқ Халқ таълими вазирининг 2017 йил 6 январдаги “Умумтаълим мактабларининг 5-синфлар учун чет тилларидан тайёрланган ўқув дастури ва дарслик-мажмуаларни тажриба-синовдан ўтказиш тўғрисида”ги 3-сонли буйруғи асосида бошқарманинг жорий йил 6 январь куни. 5-сонли буйруғи ишлаб чиқилди ва 6 та  туман (шаҳар) ХТМФМТТЭБларига етказилди.

Жумладан, 11 та синфда 275 нафар ўқувчилар билан 15 нафар экспрементатор-ўқитувчилар тажриба-синов ишларини олиб борилмоқда, дарслик-мажмуалар тажриба-синов ишлари олиб борилаётган мактабларга етказилди.

 

Bolalar musiqa va san’at maktabida tanlovning viloyat saralash bosqichi bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 10 may kuni Olmaliq shahridagi 8-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida tanlovning viloyat saralash bosqichi bo’lib o’tdi. Unda 31 ta bolalar musiqa va san’at maktablaridan 146 nafar  o’quvchi va 2 nafar o’qituvchilar ishtirok etdi.

        Mazkur ko’rik-tanlovda Xakamlar hay’ati a’zolari ishtirokchilarni har birini  ijro mahoratiga, sahnaviy madaniyatiga ma’no mazmuniga e’tibor berib 1-o’ringa quyidagi ishtirokchilarni munosib deb topdi.

 

 

 

Подробнее...

Yoshlar uchun tadbirkorlik saboqlari

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi. 

Unda poytaxtimizdagi oliy ta’lim muassasalarining talabalari biznes g‘oya, reja, mablag‘ yo‘naltirish, loyihalashtirish, yangi ish ochish, bankka murojaat etish tartiblari, kredit olish qoidalari, imtiyoz va imkoniyatlar xususida ma’lumotga ega bo‘ldi.

Подробнее...

Bilimdonlar bahslashdi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Ingliz tili bilimdonlari” tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda umumta’lim maktablarining 5-9 sinf o‘quvchilaridan iborat 11 jamoa ishtirok etdi. 
Davlatimiz rahbarining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori xorijiy tillar ta’limini yangi bosqichga ko‘tardi. O‘g‘il-qizlar boshlang‘ich sinflardan chet tillarni o‘rganmoqda. 
“Ingliz tili bilimdonlari” tanlovi o‘quvchilarning ingliz tilida fikrlashi, muloqotga kirishishini sinovdan o‘tkazmoqda, bu boradagi bilimlarini yanada boyitishga xizmat qilmoqda.

Подробнее...

Yoshlar uchun imkoniyatlar keng

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2016-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining birinchi chorakdagi ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari B.Usmonov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida navqiron avlodni jismonan baquvvat, ruhan tetik, intellektual salohiyatli, zukko qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. 

Mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati ertamiz egalarining ezgu orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, sog‘lom g‘oya va tashabbuslarini hayotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Подробнее...

MANZIL

BIZ BILAN ALOQA

+99871 279-40-55

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Toshkent shahar,

      Chilonzor tumani,
       
      Kichi xalqa yo'li, 52-uy

      Pochta indeksi: 100081